← Gilam Sistema

Foydalanish yo'riqnomasi

Tizimda qanday ishlanadi

Bu yo'riqnoma korxonangiz xodimlari uchun: operator buyurtmani qanday oladi, kuryer uni qanday olib keladi, yuvish sexi o'lchovni qanday kiritadi va korxona egasi hammasini saytdan qanday boshqaradi. Har bir bo'lim bosqichma-bosqich yozilgan — o'z rolingizni o'qing.

Avval sinab ko'ring. Ishlab turgan demo tizim: sinovcosmo.aslsmm.uz — login so'ramaydi. Demoda nimanidir o'chirsangiz yoki yaratsangiz, 30 daqiqada o'zi asl holatiga qaytadi.

Botda ham sinab ko'ring: @niluuchunbot — siz operator va kuryer bo'lasiz, zakazlar @sinov_gilam_yuvish guruhiga tushadi, har qadamda bot izoh beradi.
Mundarija

O'z bo'limingizni tanlang

1 · Hamma uchun

Ishni boshlash

Tizim ikkita Telegram botdan va bitta boshqaruv saytidan iborat. Hammasi bitta bazada ishlaydi.

NimaKim ishlatadiNima uchun
Xodimlar botiOperator, kuryer, kv kirituvchiBuyurtma olish, olib ketish, o'lchov, yetkazish
Klient botiMijozBuyurtmani tasdiqlash, xabarlar olish, baho qo'yish
Telegram guruhlarKuryer, kv kirituvchiYangi buyurtmalar kartasi shu yerga tushadi
Boshqaruv saytiKorxona egasiStatistika, xodimlar, tariflar, sozlamalar

Botga ulanish

1

Telegram'da username bo'lsin

Bot sizni username orqali taniydi (masalan @alisher). Telegram → Sozlamalar → Username. Username bo'lmasa bot sizni ko'rmaydi.

2

Admin sizni qo'shadi

Korxona egasi saytdagi Xodimlar bo'limida ismingiz, username'ingiz va rolingizni kiritadi. Buni o'zingiz qila olmaysiz.

3

Botni oching va /start bosing

Pastda rolingizga mos menyu chiqadi. Rolingizni tekshirish uchun Men kimman ❓ tugmasini bosing.

Agar «❌ Siz tizimda mavjud emassiz» chiqsa — adminga username'ingizni aniq ayting va qayta /start bosing.

Rollar

Operator

  • Yangi buyurtmani kiritadi
  • Mijozga tasdiq kartasini yuboradi
  • O'z buyurtmalarini o'zgartiradi va bekor qiladi

Kuryer

  • Guruhdan buyurtmani o'ziga oladi
  • Gilamni olib keladi, sonini kiritadi
  • Yuvilgan gilamni mijozga yetkazadi

Gilam kv kirituvchi

  • Yuvish sexida gilam o'lchovini kiritadi
  • Tizim summani o'zi hisoblab, mijozga yuboradi

Korxona egasi

  • Saytdan hamma narsani ko'radi va sozlaydi
  • Xodim, tarif, guruh qo'shadi
  • Kuryer olgan buyurtmani faqat u o'zgartira oladi
2 · Umumiy manzara

Buyurtma yo'li

Har bir buyurtma shu holatlardan o'tadi. Holatni tugma bosgan xodim o'zgartiradi — kartadagi ma'lumot va mijozga xabar o'zi yangilanadi.

HolatKim o'tkazadiQandayMijoz nima oladi
1. Olib ketishOperatorBuyurtma kiritiladi, guruhga tushadiTasdiq kartasi
2. Yo'ldaKuryerOlgani ketayabman 🚚«Kuryer yo'lga chiqdi» + kuryer raqami
3. YuvishKuryerGilam sonini kiritadi—
4. O'lchandiKv kirituvchiKv guruhiga o'lchov yozadiO'lcham va to'lanadigan summa
5. YuvilganSexYuvildi 👍—
6. YetkazilmoqdaKuryerYetkazamiz 🚚—
7. YetkazildiKuryerYetkazildi ✅Baho so'rovi (1–5 yulduz)
3 · Operator

Operator uchun

Buyurtma olish — bir daqiqalik ish. Mijoz bilan gaplashib turib botga kiritasiz.

Sizning menyungiz:
Yangi buyurtma ➕ Ertagalik buyurtmalar 📑 Bugungi buyurtmalar 📔 Oxirgi buyurtmani o'zgartirish. ✏️ Oxirgi buyurtmani berkor qilish. ❌ ID bo'yicha o'zgartirish. ✏️ ID bo'yicha berkor qilish. ❌ Statistika 📊 Oxtarish 🔍 Men kimman ❓

3.1. Yangi buyurtma olish

1

Tugmani bosing

Yangi buyurtma ➕

2

Mijoz lokatsiyasini yuboring

Quyidagilardan istalgan biri bo'ladi:

  • Telegram lokatsiyasi (mijoz sizga yuborgan bo'lsa — shunchaki uzating)
  • Google yoki Yandex xarita havolasi, qisqa havola ham bo'ladi
  • Koordinata: 41.223930,69.204415

Bot manzilni o'zi aniqlab ko'rsatadi.

3

Ma'lumotni bitta xabarda yuboring

Har biri yangi qatorda, shu tartibda: manzil, telefon, mijoz ismi, izoh. Izoh ixtiyoriy — kamida 3 qator bo'lishi shart.

Yunusobod 13 kv 5 dom
912345678
Saodat
2-qavat, domofon ishlamaydi

Telefonni 912345678 yoki +998912345678 ko'rinishida yozing.

Doimiy mijoz bo'lsa, bot uning avvalgi buyurtmalarini ko'rsatadi — avvalgi tarifni takrorlash yoki chegirma taklif qilish mumkin.

4

Tarifni tanlang

Ro'yxatdan tarifni bosing. Ro'yxat ostida yana ikkita tugma bor:

  • ✏️ Boshqa tarif — narxni qo'lda yozish uchun
  • 🎁 % chegirma — foizni yozasiz, keyin sababini (masalan «Klient bizda avval yuvdirgan»). Sabab kerak bo'lmasa - yozing.
5

Guruhni tanlang

Korxonada bir nechta guruh bo'lsa (masalan hudud bo'yicha), bot «Qaysi guruhga yuborilsin?» deb so'raydi. Operator faqat o'ziga biriktirilgan guruhlarni ko'radi.

6

Tekshiring va tasdiqlang

Bot to'liq kartani ko'rsatadi. Hammasi to'g'ri bo'lsa Xa ✅. Shu yerda narxni yoki chegirmani ham o'zgartirish mumkin.

Bot buyurtma raqamini beradi, masalan: @botingiz 7128. Bu qator mijozga karta yuborish uchun kerak — keyingi bo'limga qarang.

3.2. Mijozga tasdiq kartasini yuborish

Mijoz ma'lumotlarini o'zi tekshiradi. Shundan keyin u klient botiga ulanadi va buyurtmaning har bosqichida xabar oladi.

1

Mijoz bilan chatni oching

Mijozning Telegram chatida xabar maydoniga bot bergan qatorni yozing: @botingiz 7128. Yubormang — biroz kuting.

2

Tilni tanlang

Xabar maydoni ustida ikkita karta chiqadi: 🇺🇿 o'zbekcha va 🇷🇺 ruscha. Mijoz qaysi tilda gaplashsa, o'shani bosing.

Tanlangan til buyurtmaga yozib qo'yiladi — mijoz keyingi hamma xabarni (kuryer, o'lchov, baho) shu tilda oladi.

3

Mijoz javob beradi

✅ Ha, to'g'ri — buyurtma tasdiqlanadi va guruhga tushadi. Mijoz to'liq ma'lumotni botda oladi.

❌ Yo'q, xato bor — bot mijozdan nima xato ekanini yozishni so'raydi. Mijoz yozgan matn sizga keladi. Buyurtmani tuzating (3.3-bo'lim) va kartani qayta yuboring.

Mijoz javob bermasa. Korxonangizda mijoz tasdig'i yoqilgan bo'lsa, bot sizga 5, 7, 9, 11 va 13-daqiqalarda eslatadi. 15 daqiqada javob bo'lmasa, buyurtma guruhga o'zi tushadi va sizga xabar keladi — buyurtma yo'qolmaydi.
Chegirma va narx kartada qanday ko'rinadi. Chegirma berilgan yoki narx qo'lda o'zgartirilgan bo'lsa, eski narx chizilib yangisi yoniga yoziladi: 3̶5̶ ̶0̶0̶0̶ ➝ 24 500 so'm. Mijoz farqni darhol ko'radi.

3.3. Buyurtmani o'zgartirish

1

Buyurtmani oching

Oxirgi buyurtmani o'zgartirish. ✏️ — bugun olgan oxirgi buyurtmangiz.

ID bo'yicha o'zgartirish. ✏️ — buyurtma raqamini yozasiz.

Yoki Bugungi buyurtmalar 📔 / Oxtarish 🔍 orqali topib, o'sha yerdan o'zgartiring.

2

Nimani o'zgartirishni tanlang

IsmiManzil TarifLakatsiya IzohRaqam

Tarif ichida ham ✏️ Boshqa narx va 🎁 % chegirma bor (chegirmada sabab so'raladi).

3

Guruhdagi karta o'zi yangilanadi

O'zgarishni saqlaganingizdan keyin guruhdagi buyurtma kartasi ham yangilanadi — kuryer doim to'g'ri ma'lumotni ko'radi.

Qo'shimcha tugmaNima qiladiQachon chiqadi
🔀 Guruxni o'zgartirishBuyurtmani boshqa guruhga o'tkazadiKuryer hali olmagan bo'lsa
📅 Boshqa kunga ko'chirishGuruhdan olib, tanlangan kunga o'tkazadiGuruhda turgan, kuryer olmagan bo'lsa
🔁 Zakazni qayta tashlashEski kartani o'chirib, guruhga yangidan tashlaydiDoim
Kim nimani o'zgartira oladi. Buyurtmani faqat uni olgan operator yoki admin o'zgartiradi; boshqalar faqat izoh qo'sha oladi. Kuryer olib ketgan buyurtmani esa faqat admin saytdan o'zgartiradi.

3.4. Bekor qilish

Oxirgi buyurtmani berkor qilish. ❌ yoki ID bo'yicha berkor qilish. ❌ — buyurtma guruhdan olinadi.

Bekor qilingan buyurtma yo'qolmaydi: u atkaz guruhiga tushadi va hisobotda «atkaz» sifatida sanaladi.

3.5. Boshqa tugmalar

TugmaNima uchun
Bugungi buyurtmalar 📔Bugun olingan buyurtmalar ro'yxati; har birini ochib o'zgartirish mumkin
Ertagalik buyurtmalar 📑Boshqa kunga olinadigan buyurtmalar. Kuni kelganda ertalab guruhga o'zi tushadi
Oxtarish 🔍Kvitansiya raqami bo'yicha buyurtmani topish
Statistika 📊Sizning natijalaringiz
4 · Kuryer

Kuryer uchun

Yangi buyurtmalar guruhga karta va lokatsiya bo'lib tushadi. Ishingiz — kartadagi tugmalarni to'g'ri vaqtda bosish.

Sizning menyungiz:
Yangi buyurtma ➕ Bugungi buyurtmalar. 📔 Statistika. 📊 Oxtarish. 🔍 Men kimman ❓

Asosiy ish guruhdagi kartalar orqali bo'ladi.

4.1. Gilamni olib kelish

1

Buyurtmani o'zingizga oling

Guruhdagi kartada Olgani ketayabman 🚚 ni bosing. Buyurtma sizga biriktiriladi va sizga shaxsiy xabar keladi.

Mijozga shu zahoti «Kuryer yo'lga chiqdi» xabari boradi — ismingiz, telefoningiz va Telegram'ingiz bilan.

Bir buyurtmani faqat bitta kuryer ola oladi. Boshqasi olib bo'lgan bo'lsa, bot «Bu buyurtma allaqachon olingan» deydi.

2

Gilamlarni olgach — sonini kiriting

Shaxsiy xabardagi Gilam soni ✏️ ni bosing va nechta gilam olganingizni raqam bilan yozing.

Buyurtma yuvish holatiga o'tadi, kvitansiya raqami o'zi beriladi (masalan C 535/7 — kvitansiya / gilam soni). Shu raqamni gilamlarga yozib qo'ying.

4.2. Kartadagi boshqa tugmalar

TugmaQachon bosiladi
Ertaga olinadi ✏️Mijoz bugun bera olmasa — buyurtma ertagalik ro'yxatga o'tadi
O'chirish 🗑Buyurtma umuman bo'lmasa. Tasdiq so'raladi, guruhda kim o'chirgani e'lon qilinadi
✍️ Izoh yozishBuyurtmaga eslatma qoldirish (masalan «dog' bor»)

4.3. Yetkazib berish

1

Yo'lga chiqishdan oldin

Yuvilgan buyurtma kartasida Yetkazamiz 🚚 ni bosing — holat «yetkazilmoqda» bo'ladi.

Yetkaza olmasangiz Yetkazilmagan ❌ — buyurtma «yuvilgan» holatiga qaytadi, keyinroq qayta olib ketasiz.

2

Topshirgach

Yetkazildi ✅ ni bosing. Bot so'raydi: «📸 Mijoz Instagram/Telegram'da story qo'ydimi?»

Qo'ygan bo'lsa ✅ Ha, story qo'ydi (5% chegirma) — mijozga 5% chegirma yoziladi.

Mijozga keyin baho so'rovi boradi.

5 · Yuvish sexi

Gilam kv kirituvchi uchun

Gilamlar o'lchangach, o'lchovni kv guruhiga bitta qator bilan yozasiz. Tizim buyurtmani o'zi topadi, summani hisoblaydi va mijozga yuboradi.

1

Kv guruhiga shu formatda yozing

kvitansiya / gilam soni   o'lcham

C 100/7 44.35

Bu: kvitansiya C 100, 7 ta gilam, jami 44.35 m². Ajratuvchi muhim emas — 100/7. 44.35, 100/7 44,35 ham bo'ladi.

2

Tizim hisoblaydi

Narx × o'lcham, chegirma bo'lsa ayiriladi. Mijozga «Gilamlaringiz o'lchandi» xabari boradi — o'lcham, hisob va to'lanadigan summa bilan.

3

Xato yozsangiz

Xabaringizni Telegram'da tahrirlang — tizim qayta hisoblaydi.

Bot kvitansiyani topa olmasa, sababini yozadi. Kvitansiya va gilam sonini kuryer kiritgan bilan solishtiring.

Mebel yuvish hamkori uchun o'lcham o'rniga to'g'ridan-to'g'ri summa yoziladi: B 5/3 250000.

Tayyor bo'lganda

Buyurtma kartasida Yuvildi 👍 — holat «yuvilgan» bo'ladi va kuryer uni yetkazishga olib ketadi.

Hali tayyor bo'lmasa Tayyor emas 👎 — bot sababini so'raydi (masalan «qurimadi»).

6 · Korxona egasi

Boshqaruv sayti

Hammasi brauzerdan, telefondan ham ishlaydi. Saytga /kirish/ sahifasidan login va parol bilan kirasiz.

Ikki xil kirish. Asosiy admin hamma hamkor va xodimlarni ko'radi. Hamkor admini (masalan filial rahbari) faqat o'z hamkorining buyurtma va xodimlarini ko'radi — unga login Hamkorlar bo'limida beriladi.
Bo'limNima qilasiz
Statistika
bosh sahifa
Sana oralig'ini tanlang yoki tez tugmalar: Bugun, Kecha, Hafta, Oy. Hamkorlar kesimi, har operator va kuryer natijasi. Operatorlar jadvalida «olinmagan» ustunidagi raqamni bossangiz, o'sha buyurtmalar ochiladi.
Zakazlar Qidirish va filtrlash. Istalgan buyurtmani ochib to'liq tahrirlash (kuryer olganini ham), o'chirish. Ro'yxatni Excelga yuklab olish.
Xodimlar Yangi xodim: ismi, @username, telefon, rol (Operator, Kuryer, Gilam kv kirituvchi) va hamkori. Username aniq bo'lsin — bot xodimni shu orqali taniydi.
Hamkorlar Filial yoki brend qo'shish: kvitansiya harfi (masalan C), kvitansiya boshlanishi va chegarasi, hamkor admini uchun sayt logini.
Guruhlar Telegram guruhlarini ulash (buyurtmalar, kv, atkaz, ertagalik). Guruh ID sini bilish uchun o'sha guruhda k_id deb yozing — bot ID ni aytadi. Botni guruhga admin qilib qo'shishni unutmang.
Tariflar Tarif nomi, muddati va narxi (1 m² uchun). Operator shu ro'yxatdan tanlaydi.
Sozlamalar Klient boti tokeni; mijozga ko'rinadigan tariflar matni (o'zbekcha va ruscha); ish haqi qoidasi.
Bonus Xodimlar uchun ball qoidasi, sovg'alar ro'yxati va kim nima olgani.

Yangi xodimni ishga tushirish — tartib

1

Xodimda Telegram username bo'lsin

Bo'lmasa — Telegram sozlamalarida yaratsin.

2

Saytda qo'shing

Xodimlar → ismi, @username, rol, hamkor → saqlash.

3

Kuryer va kv kirituvchini guruhga qo'shing

Buyurtmalar guruhiga (kuryer) yoki kv guruhiga (kv kirituvchi).

4

Xodim botda /start bossin

So'ng Men kimman ❓ bilan rolini tekshirsin.

7 · Mijoz

Mijoz nimani ko'radi

Mijoz tasdiq kartasidagi «Ha, to'g'ri» ni bosganda klient botiga ulanadi. Shundan keyin xabarlar unga o'zi boradi — tanlagan tilida.

QachonMijoz oladi
Operator kartani yuborgandaBuyurtma ma'lumoti va «Ha / Yo'q» tugmalari
TasdiqlagachTo'liq buyurtma kartasi
Kuryer yo'lga chiqqandaKuryer ismi, telefoni, Telegram'i, kvitansiya
O'lchangachO'lcham, hisob, chegirma va to'lanadigan summa
Topshirilgach5 yulduzli baho so'rovi. Past baho bo'lsa sababini so'raydi
Bir necha oydan keyinGilamni yana yuvdirish eslatmasi
Mijoz o'zi ham buyurtma bera oladi. Klient botida 🧺 Yangi buyurtma → bot tariflar matnini ko'rsatadi, so'ng ism, telefon, lokatsiya va manzilni so'raydi. Bunday buyurtma darhol qabul qilinadi va «🤖 Botdan kelgan zakaz» belgisi bilan chiqadi.
Past baho (3 va undan past) kelsa, adminlarga darhol xabar boradi — operator va kuryer ismi hamda mijoz izohi bilan.
8 · Tizim o'zi

Avtomatik ishlar

Bularni hech kim bosmaydi — tizim o'zi bajaradi.

QachonNima bo'ladi
DoimGuruhdagi statistika xabari yangilanib turadi (pin qilingan)
Har daqiqaMijoz tasdig'ini kutayotgan buyurtmalar nazorati (3.2-bo'lim)
Ertalab 05:00 va har soatKuni kelgan ertagalik buyurtmalar guruhga tushadi
10:006 kun ichida o'lchami kiritilmagan buyurtmalar haqida ogohlantirish
12:00Eski mijozlarga gilamni yana yuvdirish eslatmasi
18:00 va 21:00Har xodimga shaxsiy kunlik hisobot
00:007 kunlik hisobot va yangi kun statistikasi
Har oyning 25-sanasi, 20:00Oylik hisobot
Topshirilgan buyurtmalarMijozga baho so'rovi
9 · Muammo bo'lsa

Tez-tez uchraydigan holatlar

Bot «Siz tizimda mavjud emassiz» deyapti

Admin sizni saytdagi Xodimlarga qo'shmagan yoki username boshqacha yozilgan. Telegram'dagi username'ingizni adminga aniq ayting, u tuzatgach botda /start bosing.

Mijozga kuryer va summa xabarlari bormayapti

Xabarlar faqat klient botiga ulangan mijozga boradi. Mijoz tasdiq kartasidagi «Ha, to'g'ri» ni bosmagan bo'lsa, bot unga yoza olmaydi. Kartani qayta yuboring (3.2-bo'lim) va tugmani bosishini so'rang.

«Guruxni o'zgartirish» tugmasi chiqmayapti

Buyurtmani kuryer allaqachon olib ketgan. Bu holatda guruhni faqat admin saytdan o'zgartira oladi.

Buyurtmani o'zgartira olmayapman

Buyurtmani faqat uni olgan operator yoki admin o'zgartiradi; boshqalarga faqat izoh qo'shish ochiq. Kuryer olib ketgan buyurtma — faqat saytdan, admin tomonidan.

Guruhdagi karta eskicha ko'rinyapti

Buyurtmani oching va 🔁 Zakazni qayta tashlash ni bosing — eski karta o'chiriladi va yangisi tashlanadi.

Kv guruhiga yozgan o'lchovim qabul qilinmadi

Formatni tekshiring: kvitansiya/gilam soni o'lcham, masalan C 100/7 44.35. Kvitansiya va gilam soni kuryer kiritgan bilan aynan bir xil bo'lishi kerak. Xabarni tahrirlasangiz, tizim qayta o'qiydi.

Lokatsiyani bot tanimayapti

Telegram lokatsiyasini yuboring — eng ishonchli yo'l. Havola yuborsangiz, u Google yoki Yandex xaritadan bo'lsin; koordinata yozsangiz vergul bilan: 41.223930,69.204415.

Guruh ID sini qanday bilaman

Botni guruhga admin qilib qo'shing va o'sha guruhda k_id deb yozing — bot guruh ID sini yuboradi. Uni saytdagi Guruhlar bo'limiga kiriting.

Javob topmadingizmi? Telegram: @asilbek77738 · telefon: +998 94 737 70 90